Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta shaxs voyaga yetmagan qizni qarshiligiga qaramasdan o‘pib, uyatsiz-buzuq harakat sodir etgani aks etgan video tarqaldi. Videoda aks etgan holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganishlar olib borilgan.
Qayd etilishicha, 8 avgust kuni taxminan soat 18:30 larda 63 yoshli M.I. Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining orqa tarafidagi yo‘l chetida o‘tirgan voyaga yetmagan 8 yoshli Sh.U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Mazkur holat bo‘yicha jabrlanuvchining ota-onasi tomonidan IIOga ariza tushmagan.
Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.