Daniya Qur’on bilan bog‘liq aksiyalardan so‘ng chegara nazoratini kuchaytirdi
Shvetsiyadan Daniyaga kirganlar tanlab tekshiriladi. Daniya-Germaniya chegarasida ham nazorat kuchaytirilmoqda.

Foto: thelocal
Daniya Shvetsiyadan keyin Qur’onni yoqish bo‘yicha so‘nggi harakatlar fonida chegara nazoratini kuchaytirmoqda. Milliy politsiya Daniya chegaralarida kamida 10 avgustga qadar nazoratni kuchaytirish zarur deb hisoblaydi, deb xabar qildi mamlakat Adliya vazirligi 3 avgust, payshanba kuni kechqurun.
Bu, boshqa narsalar qatori, yaqin kelajakda Shvetsiyadan Daniyaga kiruvchilar tanlab tekshirilishini anglatadi. Yutlandiya mintaqasi politsiyasi Daniya-Germaniya chegarasida ham nazorat kuchaytirilishini tasdiqladi.
Gedser va Ryodbixavn parom portlarida Daniyaga kelayotgan yo‘lovchilar ustidan nazorat ham kuchaytirilmoqda. Bu shuni anglatadiki, kirish protsedurasining davomiyligi besh daqiqadan o‘n daqiqagacha oshishi mumkin. Rostok va Puttgardendan paromlar ushbu portlarga kirib keladi.
Daniya Adliya vazirligiga ko‘ra, chegara nazoratini kuchaytirishga Xavfsizlik va razvedka xizmatining tavsiyalari sabab bo‘lgan, u yaqinda Qur’onning yoqib yuborilishi xavfsizlik holatini yomonlashtirganini tasdiqlagan.
Mavzuga oid

10:49 / 10.03.2025
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi

12:22 / 05.03.2025
Tatuirovka teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin

01:25 / 20.02.2025
Daniya mudofaa uchun qo‘shimcha 17 mlrd dollar ajratadi

23:05 / 13.02.2025