Surxondaryoda YPX inspektorlarini tarvuz o‘g‘irlashda asossiz ayblagan shaxs 5 sutkaga qamaldi

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida YPX inspektorlarini tarvuz o‘g‘irlashda ayblangan fuqaro besh sutkaga qamaldi. Bu haqda «Bu kun» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Qumqo‘rg‘on tumanida YPX inspektorlari tarvuz o‘g‘irlagani aytilgan video tarqalgandi. Viloyat YHXB holatga munosabat bildirib, voqea aslida boshqacha bo‘lganini ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, videodagi holat «Boymoqli» mahallasi hududida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlari hamda huquqbuzarlik sodir etib IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarishdan bo‘yin tovlab, o‘zining tanishlari bilan xodimlarga nisbatan qarshilik ko‘rsatayotgan bir guruh fuqarolar o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Holatga aloqasi bo‘lmasa-da shu atrofda turganlardan biri xodimlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Tegishli surishtiruv ishlari amalga oshirilganda fuqaro o‘ziga tegishli Labo yukxonasida tarvuzlarning bir nechtasi kamaygani va shu atrofda YPX xodimlari turgani uchun ularni o‘g‘irlikda ayblaganini aytgan.
Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on sudiga jo‘natilgan.
«Bu darajada bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Telefonimda bo‘lgan [video], guruhdagilar uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan», deydi ayblanuvchi.

Ayblanuvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid

12:40 / 23.02.2025
Surxondaryodagi milliy tabiat bog‘ida fotoqopqonga qor qoploni tushdi

16:11 / 06.02.2025
Samarqandda yana bir haydovchi YPX xodimini mashinasida sudrab ketdi

13:55 / 02.02.2025
Samarqandda mashinasini YPX xodimi ustiga haydagan haydovchi qamoqqa olindi

10:40 / 13.12.2024