Sariosiyoda ko‘chada yo‘lbars yurgani rad qilindi

O‘zbekiston 10:42 / 13.12.2024 3400

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumani hududida ko‘chada yo‘lbars yurgani haqidagi videolavha tarqaldi. Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi holatga aniqlik kiritib, rasmiy munosabat bildirdi.

Boshqarma matbuot xizmatiga ko‘ra, tarqalgan videolavha aslida Rossiya Federatsiyasining Kemerova shahri yaqinida olingan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda, shu jumladan, Surxondaryo viloyatida yo‘lbars hayvoni mavjud emas.

“Ma’lumot o‘rnida, Sariosiyo tog‘larida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘ida jayra, qo‘ng‘ir ayiq, qor qoploni, olako‘zan, O‘rta Osiyo qunduzi, olmaxon, Sibir tog‘ echkisi, tipratikan, Turkiston silovsini, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, qizil sug‘ur, tog‘ suvsari, quyon, yovvoyi cho‘chqa kabi yovvoyi hayvonlar uchraydi”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Boshqarma ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan har xil video tasvirlar va xabarlarni tarqatmaslikni so‘ragan.  

Ko‘proq yangiliklar: