Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sariosiyo aeroporti 30 yildan so‘ng faoliyatini tikladi
Aerodromning sun’iy yuzalarida, ya’ni uchish-qo‘nish yo‘lagi, burilish yo‘lakchasi va samolyotlar uchun turish joylarida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi.

30 may kuni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo shahri aeroporti Silk Avia kompaniyasining ilk reysini qabul qildi. Toshkentdan 48 nafar yo‘lovchi bilan uchgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:41 da aeroportga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan, yo‘lovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida kutib olindi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Silk Avia kompaniyasi tomonidan «Toshkent – Sariosiyo – Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha ATR-72-600 samolyotlarida muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta – chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Qayd qilinishicha, aeroportda aerodromning sun’iy yuzalarida, ya’ni uchish-qo‘nish yo‘lagi, burilish yo‘lakchasi va samolyotlar uchun turish joylarida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu rekonstruksiya ishlaridan so‘ng aeroport 29 aprel kuni birinchi texnik parvozni qabul qilgan edi.
Bir oy ichida 1100 kvadrat metr maydon va soatiga 100 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminal qurish bo‘yicha barcha ishlar yakunlandi.
Sariosiyo aeroporti 1995 yilda fuqaro aviatsiyasi uchun yopilgan bo‘lsa, oradan 20 yil o‘tib yana yo‘lovchilarni qabul qila boshladi. Havo bandargohi so‘nggi yillarda o‘z faoliyatini tiklagan beshinchi mintaqaviy aeroportga aylandi. Avvalroq Mo‘ynoq, Qo‘qon, Shahrisabz va Zomin aeroportlari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan edi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
Mavzuga oid

14:59
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi

14:44
Surxondaryoda uchta yangi sayyohlik markazi barpo etiladi

18:03 / 09.07.2025
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

20:36 / 04.07.2025