Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda mashinasini YPX xodimi ustiga haydagan haydovchi qamoqqa olindi

Foto: Videodan kadr
Samarqandda YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan inspektorning hayoti uchun xavfli harakatlar sodir etgan haydovchi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
31 yanvar kuni Samarqand shahri Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX xodimi tomonidan davlat raqami belgisiz harakatlanib kelayotgan Onix jyezl va hushtak yordamida to‘xtatish chorasi ko‘rilganda, haydovchi o‘zi va o‘zgalar hayotiga xavf tug‘dirib, inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, mashinani xodim ustiga haydab, unga tan jarohatlari yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi 140-moddasi 3-qismi (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish) va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish, qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, 140-moddasi 3-qismi bo‘yicha BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash ko‘zda tutilgan; 219-moddasi bo‘yicha esa ayblanuvchi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

13:09 / 09.07.2025
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

10:21 / 21.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi

17:15 / 10.06.2025