Andijon viloyatidagi mahallalarning birida uy yonib ketdi

Foto: Videodan kadr
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi mahallalarning birida uy yonib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 22 iyul kuni soat 22:10 da Oltinko‘l tumani “Oqtepa” MFY Qo‘shqayrag‘och ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:16 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:21 da o‘rab olingan va soat 22:56 da o‘chirilgan.
Natijada uyning 95 kv/m maydonda tomi, shifti va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 150 kv/m maydoni saqlab qolingan. Hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid

10:23 / 10.03.2025
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

18:55 / 01.03.2025