Toshkentda Hayit namozi o‘qilishi sababli ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
28 iyun kuni Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan Toshkent shahridagi qator ko‘chalar va yo‘llarda avtotransport vositalari harakati soat 00:00 dan 7:30 gacha to‘xtatiladi.
Toshkent shahar IIBB poytaxtdagi 116 ta masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qilishi sabab qator ko‘chalar yopilishini e’lon qildi.
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 28 iyun soat 00:00 dan 7:30 gacha quyidagi ko‘chalar va yo‘llarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi:
Mirzo Ulug‘bek tumani:
- “To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.
Bektemir tumani:
- “Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shohko‘chasi – Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
Olmazor tumani:
- “Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.
- “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani:
- “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
- “Xo‘ja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
- “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
- “Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al-Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
- “Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha.
- “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.
- “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqumiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani:
- “Abdullox ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha.
- “Hazrati Ali” masjidi Nazarbek – Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
- “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY – Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
- “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.
Yakkasaroy tumani:
- “Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
- “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
- “Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi – Imom Buxoriy – Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon – Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
- “Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha.
Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Poytaxt IIB fuqarolardan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etdi.
Qurbon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Shu kuni Toshkent metropoliteni tonggi soat 04:00 dan kech soat 00:00 ga qadar doimiy jadval asosida o‘z ish faoliyatini olib boradi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

15:45 / 06.07.2022
Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

14:53 / 12.05.2021
Moskvada hayit namozini jamoat bilan o‘qish taqiqlandi

12:44 / 05.06.2019
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita: 16 ming 932 nafar ichki ishlar xodimlari bayram o‘tadigan obektlarga jalb etildi

12:27 / 05.06.2019