Moskvada hayit namozini jamoat bilan o‘qish taqiqlandi

Rossiya poytaxti Moskvada hayit namozi jamoat bilan o‘qilmaydi. Bu haqda Rossiya musulmonlar idorasi ma'lum qilgan. Moskvaning uchta masjidida diniy tashkilotlar xodimlarigagina kirishga ruxsat beriladi va ular ado etadigan hayit namozi onlayn translatsiya qilinadi. Rossiya musulmonlar idorasi Moskvada hech bo‘lmasa 100 ming kishigacha bo‘lgan musulmonlar ishtirokida ibodatni ado etish bo‘yicha so‘rov bilan chiqqan, lekin shaharda karantin cheklovlari amal qilayotganini eslatgan Moskva meriyasi rad javobini bergan. Shuningdek, jamoat bo‘lib hayit namozini o‘qishga uringanlar va tashkilotchilar jazolanishi aytilgan.
«Albatta, Moskva qatorida yana bir nechta shaharlarda ibodatni jamoat bo‘lib ato etish va jamoat namozidagi hushuni birgalikda tuya olmayotganimizdan afsusdamiz. Biroq masjidga bormaslik orqali hayotimizni saqlab qolamiz va boshqalarning virus yuqtirishi, o‘lim holatlari ko‘payishiga sababchi bo‘lib qolmaymiz», degan Rossiya muftiysi Ravil Gaynutdin musulmonlarga murojaatida.
Ma'lumot uchun, Rossiyada 20 milliondan ortiq musulmon bor. Moskvada rasman 13 milliondan ortiq odam istiqomat qiladi. Muhojirlar bilan hisoblaganda, poytaxtda 3 million atrofida musulmonlar yashaydi. Moskvada 6 ta yirik masjid va 100 dan ortiq ibodat uylari mavjud.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Lacetti, Cobalt, Spark va Onix narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:42
-
«Begonalar zulm qilgani yo‘q, ammo o‘zimiznikilardan yordam kutmay qo‘ygandik» - sudjaliklar
Jahon | 12:32
-
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
O‘zbekiston | 12:21
-
Isroil G‘azo sektoriga yana zarbalar berishni boshladi
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

08:20 / 14.03.2025
NBC: Tramp Rossiyaning iltimosiga ko‘ra Kellogni muzokaralardan chetlashtirdi

17:25 / 06.03.2025
Moskva aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi

22:26 / 02.03.2025
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishma yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi

13:48 / 31.01.2025