Ulug‘bek Inoyatov: “Eng kam iste’mol xarajatlari belgilanishi qonun bilan kafolatlanishi kerak”
Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatov ehtiyojmand aholi qatlamining huquq va manfaatlari kafolatlanishi hamda majburiy undiruvlarni davlat budjetiga yo‘naltirishni taklif qildi.

Foto: XDP
21 iyun kuni Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning namanganlik saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Ulug‘bek Inoyatov saylovoldi dasturidagi “Eng kam iste’mol xarajatlarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish taklifi haqida ma’lumot berdi.
Bu eng kam iste’mol xarajatlari har bir insonning birlamchi hayotiy ehtiyojlariga yetadigan bo‘lishida, ehtiyojmand aholi qatlamining huquq va manfaatlarini kafolatlashda muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Dasturda, shuningdek, undiriladigan barcha to‘lovlarni (jarima, davlat boji, yig‘im, boshqa majburiy undiruvlar) Davlat budjetiga yo‘naltirish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda. Mazkur tashabbus budjet daromadlari oshishiga, parlament nazorati kuchayishiga, ijtimoiy himoya masalalari yanada samarali hal etilishiga asos bo‘ladi.
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025