O‘zbekiston | 22:09 / 20.06.2023
5631
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning to‘rtta tumanidagi mahallalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi 

Bunga elektr tarmoqlaridagi avariya holatlarining oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish sabab qilib ko‘rsatilgan. 

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariya holatlarining oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 21 iyun kuni Toshkent shahrining quyidagi manzillarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi: 

- Yunusobod tumani: «Kulol» mahallasining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

- Yakkasaroy tumani: Hamid Sulaymon nomidagi mahallaning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

- Sergeli tumani: «Selmakon» mahallasining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

- Mirobod tumani: «Fayzobod» mahallasining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha. 

Ushbu hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin. 

Mavzuga oid

E`lonlar