Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi
Turli MChJlar tashkil qilib, oson shartlarda mashina olib berish va’dasi bilan odamlarni aldagan 13 kishi jinoiy jazoga tortildi. Sudlanganlarning 2 nafari ayol. Ulardan biri 6 oy oldin “Toshturma”da farzandli bo‘lgan. Ayolning tayinlangan jazoni 3 yil muddatga kechiktirish haqidagi iltimosnomasi sud tomonidan rad etildi.

Foto: Videodan kadr
Toshkentda bir nechta MChJlar tashkil etib, mashina olib berishni va’da qilgan holda 600 nafarga yaqin odamni chuv tushirgan 13 kishiga hukm o‘qildi. Sud ularga turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Sudlanuvchilar oldinroq 450 dan ortiq jabrlanuvchining arizasi bilan jinoiy jazoga tortilgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida yana 180 dan ortiq jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchilarning 2 nafari ayol kishi. Ulardan biri, hisobchi vazifasida ishlagan ayol bundan 6 oy oldin “Toshturma”da farzandli bo‘lgan.
“14 oydan beri Toshturma”daman. Bolamni ham o‘sha yerda tug‘dim. Bolam 6 oylik bo‘ldi. Lekin hech kim mening ehtiyot choramni o‘zgartirib bermadi”, degan ayol sudda.
Sudlanuvchilar «Ishonch Auto Leasin», «Ishonch Leasin Car», «Mega Avto Leasin», «Mega Auto Leasin-Hamkor», «Asr Auto Leasin», «Asr Auto» kabi MChJlar ochib, fuqarolarga avtomobil olib berishni va’da qilishgan. Ular shartnoma qilganlarning kam qismiga mashina olib bergan.
Sudlanuvchilar 189 dan ortiq jabrlanuvchiga jami 5 mlrd 240 mln so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazgan. Ular tushgan mablag‘larning ko‘p qismini o‘zlashtirib yuborishgan. Shu sababli yangi MChJlar tashkil etib, ulardan tushgan mablag‘ hisobiga oldingi MChJ bilan shartnoma tuzgan fuqarolarga mashina olib bergan. Ushbu shakldagi moliyaviy piramida oqibatida sudlanuvchilar fuqarolardan katta miqdorda qarz bo‘lib qolgan.
Sud hukmi bilan sudlanuvchilarga turli muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ikki ayoldan biri 6 yil 6 oy, chaqalog‘i bo‘lgan ayol esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortildi.
Bolali ayolning tayinlangan jazoni 3 yil muddatga kechiktirish haqidagi iltimosnomasi sud tomonidan rad etildi. Sudlanuvchi buni hisobchi lavozimida ishlagan ayol juda katta miqdordagi summani tanishlarining bank kartalariga o‘tkazib, naqdlashtirgani bilan izohlagan.
Oldinroq “Umid avto” rahbari Abdumannop Abdurahmonov qamoqqa olingani, u juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda gumonlanayotgani xabar qilingandi. Bundan oldin esa Kun.uz surishtiruvidan so‘ng “Halal Auto Leasing kompany” MChJ mansabdorlari qamoqqa olingandi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

22:35 / 05.07.2025
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

11:06 / 05.07.2025
Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

19:49 / 03.07.2025