Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kirish imtihonlari 14 iyuldan boshlanadi – BMBA
Bu yilgi oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14 iyuldan boshlanib 23 iyulga qadar 10 kun davom etadi. Imtihon 2 smenada bo‘lib o‘tadi. Avvalroq abituriyentlarga imtihonda qatnashish uchun ruxsatnomalari berilishi boshlangandi.

Foto: Kun.uz
2025-2026 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlari 14 iyuldan boshlanib 23 iyulgacha davom etishi ma’lum qilindi. Bilim va malakalarni baholash agentligiga ko‘ra, test sinovlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi.
1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilishi boshlangan. Agentlik imtihonda qatnashuvchilardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘ragan.
Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
Test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Speedtest internet tezligini tekshirish servisi bloklandi
Jahon | 08:57
-
O‘zbekiston yangi multimodal transport koridorida ishtirok etadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Rossiya rasmiylari SSSRdagi kabi oziq-ovqat narxini qat’iy belgilab qo‘ymoqchi
Jahon | 08:21
-
O‘zbekiston universitetlari saudiyalik yoshlar uchun grantlar ajratishi mumkin
O‘zbekiston | 08:20
Mavzuga oid

12:05 / 09.08.2024
“Huquq fanidan test tuzish testologiya qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi” - BMBA mas’uli

19:00 / 02.08.2024
340 ming abituriyentning “ikki” baho olishi va huquq testlaridagi mojaro - BMBA rasmiylari nima deydi?

18:54 / 01.08.2024
“O‘lib-tirilib testlarga tayyorlangandik” – bir guruh abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligini sudga bermoqchi

11:54 / 17.07.2024