XKSga amalga oshirilgan ikkinchi xususiy missiya jamoasi Yerga qaytdi

Jahon 13:31 / 31.05.2023 6967

Amerikaning SpaceX kompaniyasining ikkinchi butunlay xususiy missiyasi ekipaji orbitada o‘n kun bo‘lganidan so‘ng Yerga qaytib keldi. 31 may, chorshanbaga o‘tar kechasi bortida to‘rt astronavt bo‘lgan Crew Dragon boshqariladigan kosmik kemasi kapsulasi AQShning Florida shtati qirg‘oqlari yaqinida dengizga qo‘ndi

Boshqa narsalar qatorida, astronavtlar Axiom tijorat dasturi doirasida Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) bir qator ilmiy tajribalar o‘tkazdilar. Kemaga NASA sobiq astronavti va XKSning birinchi ayol qo‘mondoni Peggi Uitson qo‘mondonlik qilgan, uchuvchi — tadbirkor Jon Shofner, ekipaj a’zolari esa Saudiya Arabistoni astronavtlari Rayana Barnavi va Ali al-Karni bo‘ldi. Barnavi koinotga uchgan birinchi arab ayoliga aylandi. 

Crew Dragon boshqariladigan kosmik kemasi bo‘lgan Falcon 9 raketasi 21 may kuni Florida shtati Kanaveral burnidagi Kennedi koinot markazida joylashgan 39V start kompleksidan uchirildi. Bu Amerikaning Axiom kompaniyasi dasturi bo‘yicha Milliy Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) hamda Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan hamkorlikda XKSga amalga oshirilgan ikkinchi tijoriy parvozdir. 

Birinchi astronavtlar tijoriy missiyasi - Axiom-1 2022 yil aprel oyida amalga oshirildi. 2023 yil oxirida uchinchi Axiom (Ax-3) missiyasini amalga oshirish rejalashtirilgan, uning doirasida to‘rt kishilik ekipaj XKSda ikki hafta vaqt o‘tkazadi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kosmik sayyohlarning har biri uchun parvoz narxi taxminan 55 million dollarni tashkil etgan. SpaceX bilan kelishuvga ko‘ra, endilikda Axiom Space dasturi bo‘yicha kosmik sayyohlar parvozlari yiliga ikki-uch marta amalga oshiriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: