Apple iPhone 16 Pro va Pro Max ekrani o‘lchamini oshiradi
Yangilik 2024 yilda joriy etilishi mumkin.

Display Supply Chain Consultans kompaniyasining taniqli insayderi va tahlilchisi Ross Yang so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda taqdim etiladigan iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max modellari mos ravishda 6,3 va 6,9 dyuym diagonalli displey bilan jihozlanadi.
Demak, kelasi yilgi flagmanlar iPhone tarixidagi eng katta smartfon bo‘ladi. Taqqoslash uchun, hozirgi iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max 6,1 va 6,7 dyuymli displeyga ega. 2023 yil kuzida taqdim etiladigan yangi avlod smartfonlarida bu o‘lcham o‘zgarmaydi.
Shuningdek, insayderning qo‘shimcha qilishicha, Apple kompaniyasi iPhone 16 Pro va Pro Max ekranlarining tomonlar nisbatini biroz o‘zgartirishi, ya’ni ular biroz kengayishi yoki cho‘zilishi mumkin. Hozircha bu haqda tafsilotlar yo‘q. Yang may oyining oxirida batafsil ma’lumot almashishga va’da berdi.
Ross Yang tahlilchi sifatida yaxshi obro‘ga ega va uning insaydlari deyarli har doim tasdiqlangan.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. Dembelening goli "PSJ"ga "Arsenal" ustidan g‘alaba keltirdi
Sport | 03:25
-
«Men Ukrainani qutqaryapman» - Tramp
Jahon | 01:02
-
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
Jahon | 00:31
-
Fransiya Rossiya harbiy razvedkasini muntazam ravishda kiberhujumlar uyushtirib kelganlikda aybladi
Jahon | 23:49 / 29.04.2025
Mavzuga oid

10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

20:48 / 16.04.2025