Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada dirijabllar davri qaytgani e’lon qilindi
Bu fuqaro aviatsiyasi inqirozi bilan bog‘liq ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Xchgall
Urush va sanksiyalar tufayli Rossiyadagi fuqaro aviatsiyasi inqirozi fonida, zamonaviy kompozit materiallardan ishlab chiqariladigan va Arktikaning uzoq hududlarida yuklarni tashish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan dirijabllar davrining qayta tiklanishi e’lon qilindi.
Bu fikrni «Soyuz aviatsionnogo dvigatelestroyeniya» xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Viktor Chuyko bildirdi.
«Ularning [dirijabllarning] vaqti qaytmoqda. O‘tgan asrning boshida ular vodorod tufayli havoga ko‘tarilgan, ammo u portlash xususiyatiga ega. Falokatlar yuz bergan. Zamonaviy dirijabllar geliy bilan to‘ldiriladi, bu xavfsiz. Yuk ko‘tarish quvvati esa 200 tonnaga yetishi mumkin. Ha, tezligi past, 100 km/soat atrofida, lekin ko‘p yuk tashish mumkin», dedi u.
Garchi dirijabllar asosan o‘tmish bilan, ayniqsa XX asrning birinchi yarmi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ular butunlay yo‘q bo‘lib ketmadi va zamonaviy texnologiyalarda qo‘llanilishi va rivojlanishi davom etmoqda.
Bugungi kunda dirijabllar quyidagi sohalarda ishlatilmoqda:
1. Reklama va marketing. Havo kemalari ko‘pincha «uchar reklama bilbordi» sifatida ishlatiladi. Masalan, AQSh Goodear Blimp dirijabli allaqachon sport musobaqalari timsoliga aylangan.
2. Kuzatuv va razvedka. Harbiy va chegara xizmatlari, ayniqsa, borish qiyin yoki xavfli hududlarda kuzatuv uchun aerostatlardan (bog‘langan dirijabllardan) foydalanadi.
3. Ilmiy va tadqiqot maqsadlari. Dirijabllar atmosfera tadqiqotlari, yer kuzatuvlari (atrof-muhit monitoringi), havodan suratga olishda ishlatiladi.
4. Yuk tashishda. Og‘ir yuk tashuvchi dirijabllarni rivojlantirish loyihalari mavjud. Maqsad, yo‘llar bo‘lmagan borish qiyin bo‘lgan hududlarga (Sibir, Kanada, cho‘llar) tovarlarni yetkazib berishdir.
Bugungi dirijabllarning afzalliklari: iqtisodiy samarali (samolyotlarga nisbatan kamroq yoqilg‘i ishlatadi), kamroq emissiya - yashil alternativa, havoda muallaq tura oladi, shovqinsiz (kuzatish va sayyohlik uchun qulay).
Muammo va qiyinchiliklar: past tezlik, ob-havo sharoitlariga zaiflik, qimmat, katta infratuzilma talab qiladi (angarlar, jamoalar).
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

15:06 / 30.06.2025
Apple boshga taqiladigan yettita qurilmani tayyorlamoqda

18:42 / 28.06.2025
Apple olti yil ichida ilk marta asosiy iPhone displeyini kengaytiradi

16:50 / 26.06.2025
Internetda iPhone 17 Pro suratlari paydo bo‘ldi

20:47 / 09.06.2025