Chilonzorda "Nexia" bilan to‘qnashgan "Spark" ag‘darilib ketdi
Chilonzor tumanida 2 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB YTH bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: IIBB YHXB
Joriy yilning 30 aprel kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy - Bog‘iston ko‘chalari kesishgan chorrahada 2000 yilda tug‘ilgan X.Sh. boshqaruvida bo‘lgan "Spark" hamda 1999 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvida bo‘lgan "Nexia" avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.