Qoraqalpog‘istonda 44 yoshli erkakni yo‘lovchi poyezdi bosib ketdi
Qo‘ng‘irot-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdi odam bosib ketgan. Fuqaro voqea joyining o‘zida vafot etgan.

24 mart, juma kuni Qo‘ng‘irot—Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi Ellikqal’a—To‘rtko‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanib borayotgan vaqtda poyezd yo‘liga chiqib qolgan fuqaroni bosib ketgan. Bu haqda Transport prokuraturasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro X.Sh ehtiyotsizlik oqibatida poyezd yo‘liga chiqib qolgan. U olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Voqea 16:00 atrofida sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Orolbo‘yi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda teplovoz 19 yoshli qizni, “Afrosiyob” tezyurar poyezdi esa 4 yoshli bog‘cha bolasini bosib ketgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

22:01 / 25.01.2025
Qoraqalpog‘iston va Andijonda pul evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

17:49 / 09.01.2025
Savitskiy nomidagi muzeyga yangi rahbar tayinlandi

14:07 / 08.01.2025