Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ikkinchi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga Erlepesov Nurullan Umirzakovich tayinlandi.
Shu munosabat bilan bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida tayinlovga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Jo‘qorg‘i Kengesining Budjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasi raisi Seytnazarov Berdibek so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yangi vazirni tanishtirdi.
Nurullan Yerlepesov 1971 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. U dastlab Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan, 2010 yilda esa Qoraqalpoq davlat universitetininng sirtqi bo‘limini tugatgan. Mutaxassisligi: iqtisodchi, moliyachi.