Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “KIUT Job Fair - 2023” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida o‘tkazilgan “KIUT Job Fair - 2023” nomli mehnat yarmarkasida talabalar hamda ish beruvchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishdi.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida talabalar uchun “KIUT Job Fair — 2023” nomli mehnat yarmarkasi tashkil qilindi. Mehnat yarmarkasida 50 ga yaqin kompaniya va tashkilotlar ishtirok etib, o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi. Ular orasida 10 ga yaqin bank va mehmonxonalar, Oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi ham bor. Mehnat yarmarkasida talabalar to‘g‘ridan to‘g‘ri ish beruvchilar bilan muloqot qilib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
Universitetda bu kabi mehnat yarmarkalari an’anaviy tarzda har yili bo‘lib o‘tadi. Yarmarkadan ko‘zlangan maqsad - talabalarning mamlakatda faoliyat yuritayotgan kompaniya va tashkilotlarda amaliyot o‘tashi va ishga joylashishi uchun sharoit yaratishdan iborat.
“Bugun universitetimizda mehnat yarmarkasi tashkil qilindi. Biz bu kabi mehnat yarmarkalari orqali korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishamiz hamda mehnat bozoridagi o‘zgarib turgan yangi talablarni o‘rganib, o‘quv jarayoniga tatbiq etamiz. O‘tgan yildagi statistikani oladigan bo‘lsak, bir nechta mehnat yarmarkalarni o‘tkazganmiz. 90 % bitiruvchilarimiz ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, qolganlari dunyoning yetakchi oliygohlarida magistratura bosqichida o‘qishyapti”,- dedi universitet rektori Jonpo‘lat Xudoybergenov.
Mehnat yarmarkasida muhandislik, arxitektura va dizayn, rang-tasvir, chiroy estetikasi va liboslar dizayni yo‘nalishlarida talabalarining amaliy ko‘rgazmalari ham tashkil qilindi. Mehmon sifatida ishtirok etgan kompaniya va tashkilot vakillari talabalarning ishlanma va ijod namunalarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib baholashdi. Shuningdek, alohida auditoriyalarda talabalar uchun ekspertlar tomonidan qo‘shimcha mahorat darslari ham tashkil qilindi.
Universitetning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Web-page: www.kiut.uz
Telegram: https://t.me/kiut_official
Facebook: https://www.facebook.com/kiut.uz
Instagram: https://instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal
Reklama
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

10:20 / 21.10.2024
KIUT’da global inqirozlarga ilmiy yechimlar taklif qilindi

10:00 / 24.09.2024
KIUT muhandislik yo‘nalishi talabalari Amerikada ta’lim olishadi

17:00 / 14.05.2024
Namanganda KIUT shou bo‘lib o‘tdi

19:00 / 10.05.2024