Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida yaqinda AQShning nufuzli Jorj Foks universiteti vakillari Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish maqsadida Toshkentga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif akademik almashinuvni kuchaytirish va o‘zbek va amerikalik talabalarga innovatsion ta’lim imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan istiqbolli hamkorlikning boshlanishi hisoblanadi.
“Men talabalarimizning Toshkent Kimyo xalqaro uniyersitetida muxandislik, biznes, arxitektura, dizayn va boshqa yo‘nalishlarda ta’lim olish imkoniyatlari haqida muzokaralar olib borish uchun tashrif buyurdim.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti O‘zbekistondagi birinchi xususiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanarkan. Bu yer talabalar ilm olishlari uchun juda qulay ekan. Biz bugun universitetdagi muhandislik yo‘nalishi bilan memorandum imzoladik. Umid qilamanki, kelajakda bizning talabalar bu yerda, KIUT’dagi talabalar esa Amerikada bizning universitetda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, dedi Jorj Foks universitetining chet elda ta’lim bo‘limi boshlig‘i, professor doktor David Martinez.
Ushbu hamkorlikning asosi talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘lib, 9 nafar amerikalik talaba yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetida o‘qishni davom ettirmoqchi. Ushbu madaniyatlararo akademik integratsiya O‘zbekistonning xalqaro ta’limda o‘sib borayotgan nufuzini aks ettiradi.
“Birinchi navbatda O‘zbekistonga mehmondo‘stlik uchun tashakkur aytmoqchiman. O‘zbekistonga kelgunimga qadar yurtingiz haqida fikrlarim boshqacha edi. Lekin, bu yerga kelib bu fikrlar umuman xato bo‘lganligining guvohi bo‘ldim. Hatto birinchi kunning o‘zidayoq o‘zbekistonliklar qanchalik mehmondo‘st va bag‘rikeng xalq ekanligini tushunib yetdim. Albatta, bunda Toshkent Kimyo xalqaro universitteti jamoasining o‘rni katta bo‘ldi.
Biz ushbu universitetda talabalar almashinuvi dasturini yo‘lga qo‘yish uchun o‘quv bo‘limi bilan ishlamoqdamiz, bizning talabalar bu yerda o‘qib, kelajakda dars berib tajriba olishlarini maqsad qilib qo‘yganmiz va shu qatorda KIUT talabalari bizning universitetda tajriba olishlari ham mumkin bo‘ladi”, dedi delegatsiya a’zosi Kristina Alsaraz-Luarez.
Amerikalik mehmonlar akademik muhokamalardan tashqari O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Ular poytaxt ko‘chalarini aylanib, shahar tarixi va uning dinamik zamonaviy manzarasi bilan tanishdilar. Tashrif KIUT’ning “Rangtasvir” yo‘nalishi talabalarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi bilan yakunlanib, universitetning ilmiy va san’at sohalarida iste’dod egalarini tarbiyalashga bo‘lgan intilishi namoyon bo‘ldi. Amerikada tahsil olish istagida bo‘lganlar universitet rasmiy sahifalari orqali batafsil ma’lumot olishlari mumkin:
Web-page: www.kiut.uz
Telegram: t.me/kiut_official
Facebook: facebook.com/kiut.uz
Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal
Reklama