Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Kam bo‘lganimiz yo‘q”: qishda ham qulupnay va rediska yetishtirib sotayotgan quvalik dehqon
Otaxon Boboyev Quva tumanining Akbarobod qishlog‘idan. Hozir dehqonning qo‘li qo‘liga tegmaydigan vaqt. U tomorqasidagi issiqxonada yetishtirgan qulupnay va rediskadan yaxshigina daromad topyapti. Qulupnaylar kilogrammi 150 ming, bir bog‘ rediska esa 2500 so‘mdan sotilyapti.

Dehqon Otaxon aka yaxshi niyatda 20 sotix tomorqasiga issiqxona qurib, unga rediska urug‘ini qadagandi. Ayni paytda yetilgan rediskalar yig‘ishtirilyapti.
Mahallaning bir qancha ayollari ish bilan ta’minlangan. Qishda uyida ishsiz o‘tirgan ayollar dehqon issiqxonasida tushlikkacha rediska bog‘lab, kunlik haq olyapti.
Dehqon yig‘ishtirilgan rediskalarni bozorga olib chiqqani ham yo‘q, chunki xaridorlarning o‘zi kelib olib ketyapti. Ichida 7 dona bo‘lgan bir bog‘lam rediska 2 500 so‘mdan sotilyapti.
Bundan tashqari Otaxon Boboyev uyidagi 5 sotix issiqxonasiga qulupnay ekkan. Qulupnaylar 1 kilosi 150 ming so‘mdan sotilyapti.
“Qimirlagan qir oshar deyishadi. Qishloqda ham mehnat qilgan kam bo‘lgani yo‘q. Harakat qilgan yaxshi yashayapti. Issiqxonalardan yaxshigina daromad olyapmiz, qora qozon qaynayapti, Xudoga shukur. Mahalla ayollarini kunlik ishlatib, ish bilan ta’minlayapmiz. Chorvamiz bor. Sigir sog‘ib, sutini ro‘zg‘orga ishlatamiz, ortib qolganini sotamiz. Xullas, qishloq tinch, sokin, maza, asablar dam oladi”, — deydi quvalik dehqon.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Sardor Mamirov
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

16:06 / 13.03.2025