Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Hukumat qarori “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibini belgilaydi.
Quyidagilar jamg‘arma hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlari hisoblanadi:
▪️har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyiha uchun BHMning 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratish;
▪️usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
▪️muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yib bergan usta dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratish.
Hududiy mehnat organi "mahalla yettiligi" tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan usta dehqonlar bilan mahallaning 50 foiz xonadonlari tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yishni o‘rganib chiqadi.
Vazirlik o‘n ish kunida takliflarni o‘rganib, mahallaning 50 foiz xonadoni tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yadigan usta dehqonlarni tanlaydi.
Hududiy mehnat organi bir ish kunida subsidiyani "Onlayn mahalla" elektron platformasidagi usta dehqonlarning bank kartalariga o‘tkazib beradi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya o‘ta muhim obektlarni kiberhujumlardan himoya qilishni kuchaytiradi
Jahon | 10:11
-
“O‘zbekinvest”da korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston | 10:00
-
Misrdagi qadimiy qo‘lyozmalar O‘zbekistonda namoyish etilishi mumkin
O‘zbekiston | 09:43
-
Sandu Rossiyani Moldovadagi saylovlarga aralashishni rejalashtirganlikda aybladi
Jahon | 09:41
Mavzuga oid

07:49
In vitro ko‘chatlarini sotib olishga subsidiya ajratiladi

08:42 / 31.07.2025
Paxta yetishtiruvchi dehqon va fermerlarga subsidiya ajratiladi

09:22 / 14.07.2025
Mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalashning yangi tartibi tasdiqlanadi

13:15 / 07.06.2025