Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi
Plyonka issiqxonalar uchun haroratni mo‘’tadillashtirishi ta’kidlanmoqda.

Foto: Fanlar akademiyasi
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida issiqxonalar uchun haroratni mo‘’tadillashtiruvchi «aqlli» plyonka ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti olimlari tomonidan dunyoda ilk bor issiqxonalar uchun mo‘ljallangan plyonkalar tarkibiga qo‘shiluvchi, haroratni mo‘’tadillashtirish vazifasini bajaradigan nano-kompozit zarrachalar sintez qilindi.
Bu nano-zarrachalar quyosh nurining ultrabinafsha nurlanishini yaqin infraqizil diapazonga aylantiradi. Shu bilan birga, bunday fotonlarning issiqlik energiyasi 17-22 darajaga teng bo‘ladi. Natijada tashqi harorat -3...-7 daraja sovuq bo‘lgan holatda ham, issiqxona ichidagi harorat qo‘shimcha qizdirishsiz +5...+7 daraja iliq haroratgacha saqlanadi (odatiy plyonkalarda bu ko‘rsatkich 0...-2 daraja bo‘ladi). Issiq kunlarda esa issiqxona ichidagi harorat +5...+8 darajaga pasayadi.
Infraqizil diapazondagi fotonlar soni ko‘payishi tufayli fotosintez tezlashadi va o‘simliklar 1,5–2 baravar tez o‘sadi. Shu bilan birga energiya sarfi 60 foizdan ortiq kamayadi, hosildorlik 35–50 foizga ortadi, sug‘orish uchun suv tejalishi 30 foizni tashkil etadi, agar gidrogellar qo‘llanilsa, bu ko‘rsatkich 90 foizgacha yetadi. Plyonkaning mustahkamligi 3 barobar oshadi.
Sinovlar Toshkent, Jizzax, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida o‘tkazilgan. Hozirgi kunda Shanxay Qishloq xo‘jaligi akademiyasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining turli tuproq-iqlim sharoitida keng ko‘lamli sinovlar olib borilmoqda.
Xitoyning Shanghai Daedon Science and Technology Ltd. kompaniyasi bilan O‘zbekistonda Materialshunoslik instituti bazasida nano-kukunlarni qo‘shma tajriba-sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tajriba-sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish rejasiga ko‘ra, 2025 yilda 1 tonna, 2026 yilda esa 10 tonna nano-zarrachalar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish hajmini yiliga 2 000 tonnaga yetkazish uchun nano-poroshoklar ishlab chiqarish zavodi quriladi.
Mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha Shanghai Daedon Science and Technology Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

22:15 / 10.07.2025
Xitoyda Shinjon-Uyg‘ur avtonomiyasi amaldori o‘limga hukm qilindi

18:19 / 10.07.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin

17:15 / 10.07.2025
12,6 ming dollarga krossover - Geely Icon 2026 taqdim etildi

09:35 / 10.07.2025