2025 yil 1 fevraldan O‘zbekistonda “Ona maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezidentning 2024 yil 14 noyabrda qabul qilingan PF-185-sonli farmonida belgilab qo‘yilgan.
Qonunchilikka og‘ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko‘magisiz qolgani uchun farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
“Onalar maskani”da:
- og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;
- og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, ularda onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.