Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
Tojikistonda 12 mart kuni soat 20:26 da 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonning ikki viloyatida sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari: 39,31 gradus shimoliy kenglik; 67,54 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 260 km janubiy-g‘arbda.
Zilzilaning O‘zbekistonda sezilish kuchi quyidagicha:
- Samarqand viloyatida 3 ball, 63 kilometr.
- Jizzax viloyatida 2-3 ball, 93 kilometr.
12 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:32 da Tojikistonda 4 balli yana bir zilzila sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid

13:52 / 09.03.2025
Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

17:43 / 27.02.2025
Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

16:25 / 26.02.2025
Samarqand viloyatida yana ikki tuman hokimlari o‘zgardi

18:59 / 13.02.2025