Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Prokuratura departamenti
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan, muqaddam sudlangan F.S. fuqaro D.B. bilan o‘zaro til biriktirib, 210 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, muqaddam sudlangan fuqaro F.A. 500 dona “Zardeks” nomli dori vositasini fuqaro D.B.ga sotgan vaqtida ushlanib, uning xonadonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan 60 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkentda 7 bola cho‘kishi ikki oy davomida turli kunlarda ro‘y bergan
Jamiyat | 09:42
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
Mavzuga oid

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

13:09 / 09.07.2025
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

12:13 / 03.07.2025
Zangiotada sifatsiz dori vositalari va buyumlari savdosiga chek qo‘yildi

14:59 / 24.06.2025