O‘zbekiston | 17:43 / 27.02.2025
7708
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

42 yoshli Bobir Ismailov yangi lavozimda ish boshlaydi.

Foto: Davlat Soliq qo‘mitasi

Prezident farmoyishi bilan Ismailov Bobir Salomovich Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bobir Ismailov 1983 yil Jizzax viloyati, Forish tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2008 yilda Soliq akademiyasini, 2012 yilda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi maxsus unvoniga ega.

Mavzuga oid