O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtiryapti

Iqtisodiyot 14:13 / 25.02.2023 25899

Kun tartibi doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, transport va logistika sohasidagi hamkorlik va turizm yo‘nalishidagi o‘zaro munosabatlarning keng ko‘lamli masalalari ko‘rib chiqildi.

Farmatsevtika, yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarining har birida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va yuzaga kelayotgan masalalarni hal etish uchun kichik guruhlar tuziladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, fan, texnologiya va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Muzokaralarda o‘zaro savdoga alohida e’tibor qaratildi. Uning hajmi 2022 yilda 32 foizga oshib, 239,5 million dollarni tashkil qildi. Tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar tasdiqlandi. Ikkala mamlakat hududlarida Made in Uzbekistan va Made in Pakistan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalarini o‘tkazish, qo‘shma chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash, treyderlarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha amaliy yechimlar vositalarini joriy etishga kelishib olindi.

Muhokamalar tadbir davomida erishilgan asosiy kelishuvlarni aks ettiruvchi yig‘ilishning yakuniy bayonnomasini imzolash bilan yakunlandi.

Ko‘proq yangiliklar: