O‘zbekiston anori asosan Rossiya va Qozog‘istonga sotilyapti

Iqtisodiyot 09:21 / 22.02.2023 20983

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilda xorijga qiymati 19,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 21,6 ming tonna anor eksport qilgan.

Anor eksporti 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 2,2 ming tonnaga oshgan.

2022 yilda O‘zbekiston eng ko‘p anor eksport qilgan davlatlar:

— Rossiya – 10,9 ming tonna
— Qozog‘iston – 5,8 ming tonna
— Tojikiston – 3 ming tonna
— Qirg‘iziston – 1,5 ming tonna
— Belarus R. – 120 tonna
— Koreya – 95 tonna.

Ko‘proq yangiliklar: