Rheinmetall Ukrainaga 139 ta Leopard tankini yetkazib berishi mumkin
Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Ukrainaga jami 139 ta Leopard 1 va Leopard 2 tanklarini yetkazib berishi mumkin.

Foto: Philipp Schulze/dpa/picture-alliance
"Bizda 22 ta Leopard 2A4 mashinalari bor, ularni foydalanishga tayyor holatga keltirib, Ukrainaga topshirishimiz mumkin, - deb ma’lum qildi kompaniya vakili Redaktionsnetzwerk Deutschland nashrlari guruhiga. - Ularni tartibga solish uchun bir yildan sal kamroq vaqt ketadi. Yetkazib berish 2023 yil oxiri – 2024 yil boshida amalga oshishi mumkin".
Bundan tashqari, konsern vakilining so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilning aprel-may oylarida bo‘lib o‘tadigan loyihalar uchun 29 ta Leopard 2A4 tanklari tayyorlanadi.
Leopard 1 tanklari bo‘yicha esa, Rheinmetall ushbu transport vositalarining 88 tasini taqdim eta oladi.
Germaniya harbiy sanoati Ukrainaga jangovar tanklarni yetkazib berishga tayyorlanmoqda, deb yozgandi Handelsblatt sanoatdagi manbalarga tayanib.
Germaniyaning Leopard 2 tanklaridan tashqari, avvalgi rusumdagi Leopard 1 tanklari ham Kiyevga o‘tkazilishi mumkin. Bu yil Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni ushbu tanklardan 20 tasini, yana 80 tasini esa 20 oy ichida ta’mirlab, qayta jihozlashi mumkin.
Bu Bundesverning o‘z zaxiralarini kamaytirmasdan tanklarni Kiyevga o‘tkazish imkonini beradi, deb yozadi gazeta.
Bundan tashqari, Rheinmetall Ummondan Britaniyaning Challenger-1 tanklarini sotib olishga va modernizatsiya qilishga tayyor, deya xabar beradi Handelsblatt manbalari.
Mavzuga oid

12:20 / 08.02.2025
Focus: Putin Rheinmetall bosh direktori Pappergerga sirtdan tahdid qilgan

15:00 / 05.02.2025
Rheinmetall rahbari: Zavodlarimiz atrofida HHM tizimlari yo‘q

08:21 / 31.01.2025
Ispaniyadagi Rheinmetall zavodida portlash: jabrlanganlar bor

23:17 / 28.01.2025