“Onam uchun jigarimni beraman”- farzandlari uchun yashashga kuch topayotgan ona o‘kinchi

Jamiyat 11:58 / 30.12.2022 21061

“Doim vaqtida davolatganmiz. Shu sababdan ham ahvoli yaxshi edi. 2018 yilda qizimning kasalligiga virusli gepatitning D turi ham qo‘shilibdi. Bu qanday bo‘ldi, bilmay qoldik", deya gap boshladi Gulchehra opa.

“O‘shandan beri sirrozga davolanib keladi. Kuyovim, hammamiz qo‘limizdan kelgancha davolatyapmiz. 2021 yilda ahvoli og‘irlashib necha kunlab jonlantirish bo‘limida yotdi. Ikki marotaba operatsiya qildirdik.

Qizim bechora 15 kun uyida bo‘lsa, 15 kun shifoxonada. Mana endi qandli diabet ham qo‘shildi. Shifokorlar so‘nggi chora sifatida Hindistonda jigar almashtirish operatsiyasi qildirishni aytishyapti.

O‘g‘li “Onam uchun jigarimni beraman”, deb hamma tekshiruvlardan o‘tdi. Analiz natijalarini Hindistonga jo‘natdik. Ular ham tasdiqladi. Faqat bunday katta operatsiyaga o‘zimizning qurbimiz yetmayapti.

O‘zim nafaqadaman, turmush o‘rtog‘im olamdan o‘tgan. Otasi hayot bo‘lganlarida ham bunchalik qiynalmasdik”, deya o‘kindi onaizor.

Qizining dardiga sherik bo‘layotgan ona tunlar o‘lib qolmadimi degan qo‘rquv bilan nafasiga quloq tutib mijja qoqmaydi. O‘zi azoblanib yotgan qizi ham o‘zidan ortiq farzandlari haqida qayg‘uradi.

“Qandli diabetga davolanish uchun yotdim. Bir kunning o‘zida qornim shunaqangi suv yig‘diki, u chiqquncha azobini tortish qiyin. Nafas olishingiz qiyin, birovning yordamiga muhtoj bo‘lib qolasiz. Sizni kimdir o‘tirg‘izib, yonboshingizga o‘girib qo‘yishi kerak.

Bitta qizim bor. Shu qizim uchun yashashim kerak. “Nima bo‘lsa ham men uchun chidashingiz kerak, men uchun yashashingiz kerak” deydi. Jonlantirish bo‘limida yotgandim. Qizim o‘zi ko‘ngli bo‘sh, sal narsaga yig‘laydi. Lekin o‘shanda oldimga shunaqangi kuch bilan kirdi, men o‘zim hayron qoldim.

Siz yaxshi bo‘lib ketasiz, dedi. Men o‘shanda qizim ancha ulg‘ayganini his qildim”, deydi Gulmira umid bilan.

Gulmira Abdullayevaga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 1402 0959 0216

Humo: 9860 1701 0270 0888

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Shofayz 45

Ko‘proq yangiliklar: