Bolasidan xabar olib tursa-da, doim yonida bo‘lolmagani onaizorning qalbini timdalaydi. Farzandiga ko‘maklashish uchun topganiga dorilarini olib berishga harakat qiladi. Lekin og‘ir dard oldida, nafaqa pullari hech narsa bo‘lmay qolyapti.
“Avvaliga nima bo‘layotganiga tushunmadik. Bir-ikki davolandi, lekin yana mazasi bo‘lmay qolaverdi. Qon qusib, hushidan ketdi. Apparatlarga tushirib tekshirishdi. Jigar sirrozining oxirgi bosqichi ekani aniqlandi.
Davolanyapti-yu, hatto tomiriga dori ham ketmayapti. Doktorlar Hindistonning harakatini qiling, deyishyapti. Birinchi sinfda o‘qiydigan o‘g‘li, “Buvijon, dadamga mening jigarimni qo‘yishsin, dadam tuzalsin”, deb etagimga osilib yig‘laydi.
Kichkina qizchasi ham bor. Dadangga teginmanglar, desak ham kelib dadasiga yopishaveradi. Shularning taqdirini o‘ylab bolam sho‘rlik ikki hissa eziladi. Oxirgi yotganida dorilarini ham nasiyaga oldik. Lekin ahvoli kundan kunga og‘irlashyapti. “Hindistonga tezroq obormasangiz bo‘lmaydi, kechiktiravermay tezroq olib boringlar, endi borgan sari ahvoli og‘irlashadi”, deyishyapti.
Ona bo‘lish oson emas ekan. Yursamam, tursamam xayolimda faqat shu bolam. Kechasi bilan yig‘lab duo qilib chiqaman”, deydi onaizor ko‘z yoshlarini tiyolmay.
“Ko‘nglimdan o‘tganlarini aytib berolmayman. Bolam menga o‘xshab qiynalmasin, yetim bo‘lmasin, deyman. Insonlarga o‘xshab yashagim keladi. Karantinda qon ketib qattiq qiynaldim. Qizilo‘ngachimni besh marta tikishdi. Oxirgi marta qon ketganda bo‘ldi endi tikmaymiz, foydasi yo‘q, deyishdi.
Non, quyuq ovqatlar umuman mumkin emas. Faqat sho‘rvaning suvini ichaman. Onam bilan ukam ro‘zg‘orimga qarashib turishadi. Ayolim meni parvarish qiladi. Har qon ketganda hushimdan ketaman. Qiynalib ketdim. Dori ichmay kunim o‘tmaydi”, deydi Umidjon o‘kinch bilan.
Umidjon Sultonovga oid ma’lumotlar:
O‘zkard: 8600 0610 2147 9091 Umidjon Sultonov nomida
Sberbank: 2202 2032 4201 8374 ammasi Farida Xaziyeva nomida
Manzil: Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, Yuqori Mang‘it qishlog‘i 50-uy