“Og‘riqdan azoblanayotgan paytida Allohdan “qaytarib olaqol” deb iltijo qilgan paytlarim ham bo‘ldi” – bolasi uch marta operatsiya bo‘lgan ona

Jamiyat 12:50 / 14.12.2022 17026

Ziyomuhammad endigina besh yoshga kirdi. Uch yoshligida qattiq og‘rigan bolakayni zudlik bilan operatsiya stoliga yotqizishga to‘g‘ri keldi. Unga ichakning og‘ir kasalligi — “Payra sindiromi” tashxisi qo‘yildi.

Payra sindromi – ichaklarning o‘z holatida joylashmasdan, betartib holda boshqa ichki a’zolarni bosib qolishi bo‘lib, 8 soatlik operatsiya orqali ichaklarni o‘z holiga keltirish va 10 kunlik jonlantirish bo‘limida davolanish orqali tuzatish mumkin. Bolakay bunday og‘ir operatsiyaning uchtasini boshidan o‘tkazdi.

“Birinchi marta operatsiya qilishganidan so‘ng bolam 23 kun komada yotdi. Og‘riqdan azoblanayotgan paytida Allohdan “qaytarib olaqol” deb iltijo qilgan paytlarim ham bo‘ldi. 15 kun jonlantirish bo‘limida davolab javob berishdi. Lekin ichaklari ochilib ketib, qattiq mazasi qochdi. Darhol ikkinchi operatsiyaga olishdi.

Lekin operatsiyalar natija bermadi. Kasallik huruj qilganda bolam ko‘karib, bukchayib qoladi. Ichaklari yopishib qoladi, qayt qiladi, o‘zi mustaqil hojatga chiqolmaydi. Shu yil yozda uchinchi operatsiyani ham qildirdik. Lekin u ham natija bermadi.

O‘g‘lim katta bo‘lgan sari aya, men ham tuzalamanmi, deb so‘raydigan bo‘lyapti. Chandiqlariga qarab yig‘laydi, bir joydan operatsiya qilinaverganidan katta chandiq bo‘lib qolgan”, deydi Zulayho opa ko‘zlariga yosh olib.

Hokimiyatning yolg‘iz onalarga bir martalik yordami bilan bolasini Hindistonga olib borgan onaizor u yerdan ham shifo topolmadi. Bolaning barcha tashxislari yomon chiqqanidan so‘ng davolatib, analiz natijalari yaxshi chiqqanidan so‘ng olib kelishini aytishdi.

“Dunyoda bolasi qiynalganini ko‘rishdan yomonroq narsa yo‘q ekan, komada yotganida xudoga qiynama, olib qo‘yaqol, degan paytlarim ham bo‘lgan. Shu darajada qiynalganki, uning azoblanishiga dosh berolmaganman.

Hech kim bunday og‘ir operatsiyani ko‘tarolmaydi. Bolam uch marta shunday operatsiyani boshidan o‘tkazdi. Bolam shunchalik hammasini ko‘tardi. Hindistonga borganimizda ham doktorga shu yergacha keldik-ku, men tuzalamanmi, deb rosa xafa bo‘lib yig‘ladi.

Barcha tashxislari yomon chiqqani uchun operatsiya qilish mumkin emas ekan, dori-darmonlar berib, davolanib borishimizni aytishdi. Lekin ikkinchi marta borish uchun mablag‘im yo‘q. Bolamning umri shifoxonalarda o‘tib ketyapti”, deydi ona ko‘z yoshlarini tiyolmay. 

Ziyomuhammad Xayrullayevga oid ma’lumotlar:

Mir 5614 6818 1623 6438 onasi Zulayho Ziyayeva nomida

Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Jaloyir Ilg‘or 1-ko‘cha 1-uy

Ko‘proq yangiliklar: