JCh-2022. Polsha Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi, Levandovskidan turnirdagi ilk gol va assist

Sport 20:25 / 26.11.2022 11383

Birinchi turda Argentinadan ustun kelib sensatsiya qayd etgan saudlar polyaklarga qarshi o‘yinda ham o‘yin jihatdan raqibidan kam emasligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, yakunda mag‘lubiyatga uchradi. 

Zelinski birinchi bo‘limda Levandovskining assistidan keyin hisobni ochgan bo‘lsa, 2-bo‘limda Levandovskining o‘zi himoyadagi xatoni gol bilan jazolab, turnirdagi ilk golini kiritdi – 2:0.

Qayd etish joiz, saudiyaliklar birinchi bo‘lim yakunida 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olishmadi. Ad-Dovsarining zarbasini Shchensni qaytarib qoldi.

Shu tariqa, Polsha 4 ochko bilan guruh peshqadamiga aylanib oldi, Saudiya hozircha 3 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Guruhdagi ikkinchi uchrashuv Argentina va Meksika o‘rtasida (23:59) bo‘lib o‘tadi.

JCh-2022. S guruhi. 2-tur
Polsha – Saudiya Arabistoni 2:0

Gollar: 1:0 – 39 Zelinski, 2:0 – 82 Levandovski.
Polsha – Shchensni, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski, Zelinski (Kaminski, 63), Frankovski, Krixovyak, Belik, Levandovski, Milik (Pentek, 71).
Saudiya Arabistoni – Al-Ovays, Abdulhamid, Al-Bulayxi, Al-Amri, Al-Bureyk (Al-G‘anam, 65), Ad-Dovsari, Kanno, Al-Malki (Al-Obod, 85), An-Naji (Al-Obid, 46), Al-Bureykan, Ash-Shahri (Ad-Dovsari, 86).

Ko‘proq yangiliklar: