FIFA: Rossiya chetlatilgani sabab Polsha JCh-2022 saralashi finaliga yo‘l oldi, Ukrainaning o‘yini iyunga qoldirildi

Sport 00:53 / 09.03.2022 28452

Polsha milliy jamoasi JCh-2022 saralashi pley-offining finaliga yo‘llanma oldi. 

Polsha yarimfinalda Rossiya bilan bahs yuritishi kerak edi. Ammo FIFA siyosiy vaziyat sabab ruslarni xalqaro musobaqalardan chetlatdi. 

Natijada polyaklar saralash finaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oldi. Jamoa yo‘llanma uchun Shvetsiya va Chexiya o‘rtasidagi bahs (24 mart) g‘olibi bilan to‘qnash kelishadi. Bellashuv 29 martda bo‘lib o‘tadi.

Rossiya bilan urush olib borayotan Ukrainaning Shotlandiya bilan o‘yini iyunga qoldiririldi. Ushbu jamoalar bilan bir «setka»dan o‘rin olgan Uels va Avstriya o‘rtasidagi bahs esa rejalashtirilganidek 24 martda bo‘lib o‘tadi, ammo g‘olib jamoa Ukraina—Shotlandiya g‘olibini iyungacha kutadi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA avvalroq Rossiya milliy jamoasi va klubilarini xalqaro turnirlardan chetlatgandi.

Ko‘proq yangiliklar: