JCh-2022 saralashi. Peru pley-offda o‘ynaydi, Kolumbiya va Chili mundialga bormaydi, Braziliyadan 4ta gol, Argentinada durang

Sport 08:39 / 30.03.2022 20411

To‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma egalari — Braziliya, Argentina, Ekvador va Urugvay ma’lum bo‘lib ulgurgandi. Oxirgi turda pley-offga yo‘llanma beradigan 5-o‘rin egasi aniqlandi, bu Peruga nasib etdi. Kolumbiya va Chili esa mundialda qatnashmaydigan bo‘ldi. 

Peru pley-offda Avstraliya-BAA juftligi g‘olibi bilan bahs yuritadi. Osiyo vakillari o‘rtasidagi bahs 7 iyunda, g‘olib jamoa va Peru ishtirokidagi o‘yin 13 iyunda o‘tkaziladi. Bellashuvlarga Doha mezbonlik qiladi.

So‘nggi turda peshqadam Braziliya safarda Boliviyaga javobsiz 4ta gol urdi. Argentina Ekvador bilan bahsda qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

JCh-2022 saralashi. KONMeBOL
18-tur. 30 mart
Boliviya — Braziliya 0:4

Gollar: Paketa (24), Risharlison (45, 90+1), Gimaraes (66). 
Boliviya – Kordano, Sagredo, Karrasko, Kinteros, Fernandes, Vaka, Chura (Gonsales, 46), Vilyarroel (Garsiya, 87), Vilyamil (Vaka, 46), Errera (Salazar, 46), Moreno. 
Braziliya – Alisson, Alves, Markinos, Militao, Telles (Arana, 84), Koutino (Martinelli, 54), Fabino, Paketa (Artur, 77), Gimaraes, Risharlison, Antoni (Rodrigo, 77).

Ekvador — Argentina 1:1
Gollar: E.Valensiya (90+3) — Alvares (24). 
Ekvador – Galindes, Kastilo (Presiado, 82), Arboleda, Inkapie, Estupinyan, Grueso (Sarmiyento, 73), Franko (Valensiya, 60), Kaysedo, Plata, Ibarra (Mena, 60), Estrada (Kaysedo, 82). 
Argentina – Ruli, Montel (Foyt, 78), Otamendi, Martines, Talyafiko, Paredes (Rodriges, 78), de Paul, Mak Allister (Palasios, 59), Messi, Gonsales (Okampos, 78), Alvares (Korrea, 72).

Peru — Paragvay 2:0
Gollar: Lapadula (5), Yotun (42). 
Peru – Galese, Advinkula, Sambrano (Ramos, 87), Kalens, Trauko, Flores, Kueva (Kosta, 87), Yotun (Kalkaterra, 69), Tapiya, Penya (Gonsales, 66), Lapadula (Valera, 87). 
Paragvay – Silva, Roxas, Balbuena, Alderete, Alonso (Torres, 59), Ortis, Romero (Kolman, 73), Kubas, Sanches (Medina, 59), Ensiso, Ferreyra (Romero, 73).

Chili — Urugvay 0:2
Gollar: Suares (79), Valverde (90). 
Chili – Kortes, Isla, Medel, Kushchevich, Suaso, Vidal (Meneses, 81), Arangis, Pulgar (Valdes, 67), Sanches, Montesinos, Brereton (Fernandes, 80). 
Urugvay – Rochet, Arauxo, Godin, Koates, Vinya, Torreyra (Ugarte, 74), Bentankur (Maksi Gomes, 74), Valverde, de la Krus (de Arraskaeta, 63), Kavani (Suares, 29), Rossi (Suares, 74).

Venesuela — Kolumbiya 0:1
Gol: Xames (45+4, penalti).
Venesuela – Farines, Ernandes, Makun, Ferraresi, Gonsales, Rinkon (Otero, 67), Martines (Savarino, 81), Errera, Soteldo, Rondon, Machis (Murilo, 46). 
Kolumbiya – Ospina, Munos, Sanches, Kuesta (Moreno, 37), Tesilo, Xames (Kintero, 63), Barrios, Lerma (Kuelyar, 77), Borre (Presiado, 76), Sinisterra (Suares, 64), Dias.

Ko‘proq yangiliklar: