JCh-2022. Polsha Meksika bilan durang qayd etdi, Levandovski penaltidan foydalana olmadi

Sport 23:00 / 22.11.2022 9514

«Stadium 974»da kechgan bahsda Meksika va Polsha o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuvning kulminatsion voqeasi 58-daqiqada ro‘y berib, polshaliklar forvardi Robert Levandovski belgilangan 11 metrlik jarima zarbasidan Ochoa darvozasini ishg‘ol eta olmadi. Yakunda o‘yin nursiz durang bilan tugadi – 0:0.

Shu tariqa, S guruhida Polsha va Meksika bir ochkodan ega bo‘lishdi, Saudiya Arabistoni esa 3 ochko bilan peshqadam sifatida qolgan bo‘lsa, Argentina mag‘lubiyat sababli so‘nggi o‘ringa tushdi.

C guruhi. 1-tur
Meksika – Polsha 0:0

Meksika – Ochoa, Sanches, Moreno, Montes, Galyardo, Errera (Rodriges, 71), Chaves, Alvares, Losano, Martin (Himenes, 71), Vega.
Polsha – Shchensni, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski, Kaminski, Krixovyak, Zelinski, Shimanski (Frankovski, 72), Levandovski, Zalevski (Belik, 46).
Ogohlantirishlar: Sanches (29), Moreno (56), Frankovski (76). 
Foydalanilmagan penalti: Levandovski (Polsha), 58.

Ko‘proq yangiliklar: