Saudiya Arabistoni – JCh-2034 mezboni. FIFA prezidenti tasdiqladi

Sport 00:57 / 01.11.2023 24997

2034 yilgi jahon chempionatining qaysi mamlakatda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

FIFA 31 oktyabrga qadar mezbonlik uchun arizalarni qabul qildi. Unga ko‘ra, faqatgina Saudiya Arabistoni JCh-2034 mezbonligi uchun rasman ariza topshirdi. Shu tariqa, 2034 yilgi mundialga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi ma’lum bo‘ldi.

FIFA prezidenti Janni Infantino ham JCh-2034 Saudiya Arabistonida o‘tkazilishini tasdiqlab, ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda post qoldirgan.

«Futbol dunyoni birlashtiradi», - deya yozadi FIFA prezidenti.

Avvalroq, Avstraliya JCh-2034 mezbonligi uchun ariza topshirish fikridan qaytgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tsa, JCh-2030 Urugvay, Paragvay, Argentina, Marokash, Ispaniya va Portugaliyada o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: