Rossiyaning Kirov shahri politsiyasi O‘zbekistonda odam savdosida gumonlanayotgan 21 yoshli migrantni qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib Lenta xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari vakillariga ko‘ra, erkak davlatlararo qidiruvda bo‘lgan. Rossiya hududida u O‘zbekiston tergov organlaridan yashirinib yurgan. U qizni sotgani uchun qidiruvda bo‘lganini politsiyaga tan olgan.
Qayd qilinishicha, Buxoroda unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi («Odam savdosi») bilan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qul savdogarining O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.