“Bolamning yashashga kuchi yetmayapti” - jigar sirroziga chalingan 5 oylik chaqaloqqa yordam kerak

Jamiyat 14:11 / 18.11.2022 16822

Shifokorlar bolada zudlik bilan jigar ko‘chirish operatsiyasi zarurati borligini aytishgach, otasi unga o‘z jigarini berishni lozim topgan. Ayni vaqtda ota-ona besh oylik chaqaloqni olib Hindistonga ketishgan. Xorijdagi klinikada operatsiyaga hozirlik ko‘rishyapti. O‘zbekistonda qarindoshlar qo‘lida qolgan ularning ikki qizalog‘i ota-onasi va ukasini kutyapti.

“Bolamni saqlab qolish uchun Hindistondamiz. Ahvoli juda og‘ir. Hech kimning bolasi kasal bo‘lmasin ekan. Bolamning yashashga kuchi yetmayapti. Hatto uxlaganda ham dori bilan uxlaydi. Hech kimni bunday dard bilan sinamasin ekan. Doktorlar hayotini zo‘rg‘a saqlab turishibdi”.

Hindistonga ketish uchun bor-yo‘qlarini sotgan, yaxshi odamlardan ko‘mak olgan oila operatsiya xarajatlarini to‘lashda qiynalib qolishgan. Oila boshlig‘i yuk tashish bilan shug‘ullangan, ona esa uy bekasi. Norasida go‘dakning hayotini saqlab qolib, o‘zlariga savoblar yog‘ilishini istaganlar yurtimizda ko‘pligiga iymonimiz komil.

Muhammadali Kutimurodovga oid ma’lumotlar:

UzCard: 8600 4904 9227 2810 onasi Sayyora Touboyeva nomida

Humo: 9860 0101 0868 4555 onasi Sayyora Touboyeva nomida

Ko‘proq yangiliklar: