Daniya O‘zbekistonda faxriy konsulxona ochish to‘g‘risida qaror qabul qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Daniya tashqi ishlar vaziri Yyeppe Sebastyan Kofod bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
Tomonlar siyosiy muloqotni kuchaytirish uchun o‘zaro tashriflar va amaliy tadbirlarni tashkil etish muhimligini ta’kidladi. O‘zbekiston va Daniya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar to‘g‘risida protokol imzolash taklif qilindi.
Vladimir Norov ta’kidlaganidek, O‘zbekiston tomoni Daniya hukumatining O‘zbekistonda faxriy konsulxona ochish to‘g‘risidagi qarorini mamnuniyat bilan qabul qiladi.
Toshkent va Kopenhagen BMT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi ma’lum qilindi. Savdo va investitsiya aloqalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tomonlar manfaatdor idoralar o‘zaro tashriflarini tashkil etish masalalarini o‘rganishga kelishib oldi.
Daniyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlarida o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun treninglar va amaliyotlarni tashkil etish ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga yordam berishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid

10:49 / 10.03.2025
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi

12:22 / 05.03.2025
Tatuirovka teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin

01:25 / 20.02.2025
Daniya mudofaa uchun qo‘shimcha 17 mlrd dollar ajratadi

23:05 / 13.02.2025