"Xalq banki" Zomin filiali boshqaruvchisi o‘z xodimini otib qo‘ydi

Jamiyat 18:32 / 17.09.2022 42856

Ijtimoiy tarmoqlarida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi banklardan birining boshqaruvchisi o‘z xodimini otganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Jizzax viloyati IIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, 2022 yilning 16 sentabr kuni soat 22:30 larda Zomin tumani “Taraqqiyot” MFYda yashovchi AT “Xalq banki” Zomin filiali boshqaruvchisi N.M. yashash xonadoni oldida AT “Xalq banki” Zomin filialida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi, spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan N.J. bilan o‘zaro tortishib janjallashgan.

Oqibatda bank boshqaruvchisi N.M. tan jarohati yetkazish maqsadida sport (tir) qurolidan bir marotaba otib N.Jga tan jarohati yetkazgan. N.J. ko‘krak qafasining chap yon qismi yuza jarohati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Zomin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: