MTRK La Liga yangi mavsumi translatsiyasi huquqini sotib oldi
Bu haqda «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
«Assalom alaykum, talab va istaklarni inobatga olib, MTRK La Liga huquqini oldi. Biz doim harakatdamiz», - deya yozadi «Sport» TV bosh direktori.
Ispaniya chempionati TV-translatsiyasi huquqi so‘nggi yillarda «UzReport» telekanaliga tegishli bo‘lib, bu yil La Ligani namoyish etmayotgan edi. Musobaqaning 3-turidan oldin O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi yangi mavsum uchun translatsiya huquqini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, YeChL, yevrokuboklar, Italiya A Seriyasi o‘yinlari ham aynan MTRK telekanallari orqali namoyish etilayotgan edi. APL, Bundesliga va Fransiya chempionati namoyishi huquqi esa hozircha O‘zbekistonda hech qaysi telekanal tomonidan sotib olinmagan.
Mavzuga oid

20:58 / 04.11.2024
Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish choralari kuchaytiriladi

18:34 / 29.05.2024
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi

22:47 / 30.04.2024
O‘zbekiston yosh xokkeychilari Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi

09:00 / 11.02.2024