Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olganligi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lganligi, shuningdek, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.