O‘zbekistonda davlat xizmatchilari soni 118 ming nafar ekani ma’lum qilindi

O‘zbekiston 15:32 / 04.08.2022 4314

“Bugungi mavzu 30 yildan beri keyinga surilib kelayotgan masalalar yechimiga qaratilgan. Gap 35 million aholi hayotini yengil qiladigan, kayfiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan – davlat xizmatini isloh qilish hamda boshqaruvda natijadorlik va sifatni oshirish haqida boryapti”, dedi davlat rahbari. 

Ta’kidlanishicha, sohada 118 ming kishi mehnat qilmoqda. So‘nggi yillarda davlat xizmatchilari xalqqa ancha yaqinlashdi, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Xodimlarga samarali ishlashlari uchun munosib sharoitlar yaratildi. Davlat xizmatida 40 yoshgacha bo‘lgan xodimlar ulushi 61 foizga yetdi (ilgari 37 foiz bo‘lgan).

“Lekin, hali davlat xizmati chinakam xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yo‘q”, dedi prezident.

Bildirilishicha, o‘tgan yili xalq qabulxonalariga vazirlik va hokimliklar xodimlari bilimsizligi va mas’uliyatsizligi haqida 25 mingta, muloqot madaniyati yetishmasligi bilan bog‘liq 7 mingta shikoyat kelib tushgan.

Eng ko‘p shikoyatlar Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari faoliyati bilan bog‘liq.

Ko‘proq yangiliklar: