Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy statistika qo‘mitasi tashkil etilmoqda
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi. Statistika sohasiga xalqaro standartlar va sun’iy intellektni joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Mikrofirma va kichik korxonalar yillik statistika hisobotini topshirish majburiyatidan xalos bo‘ladi.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi. Bu haqda 24 fevral kuni prezident farmoni qabul qilingan, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Farmon bilan, statistika ishlari samaradorligini oshirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilangan:
- makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish;
- integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;
- “mahalladan – respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash.
2025 yil yakunigacha “Hududlar statistikasi” axborot tizimi ishga tushiriladi.
2025 yil yakuni bo‘yicha hisobot davridan boshlab xodimlar soni yillik o‘rtacha 5 kishidan kam bo‘lgan va yillik tushumi BHMning 2 000 barobari (hozirda 750 mln so‘m)gacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyatini bekor qilib, har uch yilda bir marotaba statistik hisobot topshirilishi belgilandi.
Statistika organlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda, 2026 yil 1 yanvardan quyidagi interaktiv xizmat turlari joriy etiladi:
- hisobotlarni topshirishda korxona va tashkilotlarga maslahat beruvchi “Maslahatchi” sun’iy intellektga asoslangan interaktiv xizmati;
- foydalanuvchilarga statistik ma’lumotlarni tez izlab topishga ko‘maklashuvchi “Tahlilchi” sun’iy intellektga asoslangan konsultativ xizmati;
- statistik kuzatuvlarni telefon yordamida o‘tkazish imkonini beruvchi koll-markaz faoliyati.
Milliy statistika qo‘mitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish” ofisi ochiladi. Transformatsiya ofisi quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas’ul bo‘ladi:
- ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;
- mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish;
- statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali qayta aloqani (mijozga yo‘naltirilganlikni) joriy etish.
2025/2026 o‘quv yilidan Milliy statistika qo‘mitasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiy statistika kafedrasi filiali tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, statistika organini salkam 8 yil boshqargan Bahodir Begalov 2025 yil yanvar oyida lavozimidan ozod etilgan, 24 fevral kuni Statistika agentligi direktori lavozimiga Behzod Hamroyev tayinlangani ma’lum qilingan edi. Hamroyev so‘nggi besh yilda Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stratosferdan sakragan Feliks Baumgartner paraplan qulashi oqibatida halok bo‘ldi
Jahon | 12:16
-
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 12:15
-
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan
O‘zbekiston | 12:03
-
Yunusobodda Cobalt, BYD va Mercedes-Benz to‘qnashdi
O‘zbekiston | 11:58
Mavzuga oid

08:25 / 17.07.2025
O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda istiqomat qiladi

13:20 / 16.07.2025
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi

11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

13:39 / 15.07.2025