Namanganda pochta xizmati mansabdorlari 529 mln so‘mni talon-taroj qilishgan

Illyustrativ foto
Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan «O‘zbekiston pochtasi» AJ Namangan filiali Chortoq tuman pochta aloqa bog‘lamasi sobiq bosh hisobchisi N.T. va boshqa mansabdor shaxslari 529 mln so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlangan.
Xususan, ayblanuvchilar tomonidan fuqarolarning aliment pullari, pochta xizmatlari ko‘rsatilishidan tushgan daromadlari, obuna, kommunal to‘lovlardan tushgan mablag‘lar o‘zlarining plastik kartalariga noqonuniy ravishda o‘tkazilgan va konvert-marka mahsulotlarini noqonuniy sotish hamda ortiqcha ish haqlarini hisoblash orqali o‘zgalarning mablag‘lari o‘zlashtirilgan va kamomad qilish yo‘li bilan talon-taroj qilingan.
Hozirda T.N. va boshqalarga nisbatan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi a-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

16:21 / 05.03.2025
Romitanda “rayono” mudiri va uning sheriklari jinoiy jazoga tortildi

20:43 / 28.02.2025