“Tashabbusli budjet”: ko‘p yillik muammoni 927 ovoz hal qildi
Navoiy viloyatida “Tashabbusli budjet”ning birinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish davom etmoqda. Muammolarini turli joylarga qilingan murojaatlardan ko‘ra o‘z ovozlari tezroq hal qilishi mumkinligini sezgan navoiyliklar ikkinchi bosqichda yanada faol bo‘lish niyatida.
Karmana tumanidagi Varq mahallasida joylashgan Sangbur qishlog‘ida100ga yaqin oila istiqomat qiladi.Yaqingacha qishloqqa kirib-chiqish uchun alohida yo‘l yo‘q edi.Aholi zaxkashning himoya hududidan yo‘l sifatida foydalanib kelgan. Odamlar ko‘p yillar yozda chang, qishda loy yo‘ldan yurishga majbur bo‘lishgan.
Qishloq aholisi ushbu muammoni “Tashabbusli budjet”ga qo‘yib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan edi.Ularning ko‘p yillik muammosi hal bo‘ldi: qishloqning 1,5 kilometrdan ortiq ichki yo‘liga asfalt yotqizildi.
“Qishlog‘imizni asfaltlashtirish masalasi bo‘yicha bormagan tashkilotimiz, kirmagan eshigimiz qolmagan edi. 30 yillik muammo shu kungacha sudralib kelayotgandi. “Tashabbusli budjet”dan unumli foydalandik. Hammamiz birgalashib, ovoz yig‘dik. G‘olib deb topildik va mana shu ishlar amalga oshdi. 15 kun avval ishlar boshlanib ketdi. Qishlog‘imizda 1 580 metr masofada asfaltlashtirish ishlari yakuniga yetay deb qoldi. Qishlog‘imiz aholisi, yoshlar bundan minnatdor. Ayrim ko‘chalarimiz qolgan.Mablag‘ga qarab ishlar amalga oshirildi. Qolgan qismi uchun “Tashabbusli budjet”ning navbatdagi bosqichida yana harakat qilamiz”, — deydi tashabbuskor Sherali Xoliqov.
“Tashabbusli budjet”ning birinchi bosqichida tumanda 8 ta tashabbus g‘olib bo‘lgandi. Shundan 6 tasi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bilan bog‘liq. Mazkur tashabbuslarni amalga oshirish uchun jami 4 mlrd 699 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Karmana tumani moliya bo‘limi boshlig‘i Umid Rustamovning ta’kidlashicha, hozirda ularning barchasi moliyalashtirilib, ishlar yakuniga yetkazilmoqda.
G‘olib deb topilgan tashabbuslardan yana biri Karmana tumani tibbiyot birlashmasiga zamonaviy UZI apparati olish edi. Tuman hokimligining ma’lum qilishicha, ushbu tashabbus ham amalga oshirilgan.
Ruslan Saburov, Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi – Mirvohid Mirrahimov
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi
Jahon | 18:18
-
Ilon Mask 2026 yil oxirida odamsifat robot Marsga uchishini e’lon qildi
Fan-texnika | 18:03
-
Radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat chegirib tashlanishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 17:51
-
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13
Mavzuga oid

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

18:13 / 13.02.2025
Toshkent va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi yig‘imi narxlari oshdi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

18:53 / 04.02.2025