O‘zbekiston ilk bor YuNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi

Jamiyat 11:03 / 08.07.2022 9011

YuNESKOning Parijda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida tashkilotning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish qo‘mitasi a’zoligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda xalqaro tashkilot tomonidan O‘zbekistonning YuNESKOdagi istiqboli yana bir bor e’tirof etildi. Dunyoning 180 davlati vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda O‘zbekiston Bolgariya, Bosniya va Gersegovina, Slovakiya, Estoniya kabi davlatlarni ortda qoldirib, 105 mamlakat ovozini to‘plagan holda o‘zib ketdi.

Tadbirda bu ishlarda O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi rahbariyati, YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi, mamlakatning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasining hissasi katta ekani ta’kidlandi. 

Ma’lumot uchun, Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita tarkibiga Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo bo‘lgan 24 davlat vakillari kiritilgan. Uning a’zolari 4 yil muddatga saylanadi. Shuningdek, a’zolarining yarmi har 2 yilda qayta saylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: